O'zbekiston MTJ Indoneziyada o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi

Tolibjon Qosimov
13 avg 2019
Kuzda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 29 avgust – 1 sentyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o'tkaziluvchi "Chkalov Kubogi" musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi “Chkalov Kubogi” musobaqasida ishtirok etadi

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida ham yana bir xalqaro turnirda qatnashadi. 4-8 sentyabr kunlari Indoneziyada 4 ta terma jamoa ishtirokida xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi. Unda g'oliblik uchun Indoneziya, Iroq, Xitoy Taypeyi hamda O'zbekiston terma jamoalari bahs olib borishadi. 

Musobaqa tavqimi:

6 sentyabr

Iroq – O'zbekiston

7 sentyabr

Indoneziya – O'zbekiston

8 sentyabr

O'zbekiston – Xitoy Taypeyi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz