

- "Yuventus"da endi birinchi mavsumni o'tkazdim. Lekin shu vaqt mobaynida hali biror marta bu klubdan kyetish haqia o'ylaganim yo'q. O'tgan mavsum men uchun juda omadli keldi. Turinlik muxlislar meni sevishadi va bu esa meni baxtli qiladi. "Yuventus"da o'ynayotganimdan faxrlanaman. Safimiz yanada kuchaydi, Pyanich va Alveshning kelishi bizga YCHLni yutishga qo'l keladi. Ular bilan bu ishni uddalash osonroq bo'ladi. "Yuventus" "Bavariya", "Barselona" va "Real" bilan bir xil darajada.
O'tgan yiliyoq Yevropa chempionlar ligasida zafar quchardik. Bizni "Bavariya"ga qarshi o'yinda 30 soniya g'alabadan ajratib turgandi. O'shanda bizga shunchaki omad kelmagandi.
Pogba? U hech qaerga kyetmaydi.



