"Paxtakor-79"ni xotirlash akciyasida ishtirok eting!

Narzulla Saydullayev
10 avg 2017
"Paxtakor" futbol klubi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida "Paxtakor-79" jamoasini xotirlash akciyasi o'tkazilmoqda.

#paxtakor1979 xeshtegi ostida 1979 yil aviahalokat natijasida hayotdan ko'z yumgan jamoa a'zolarini yodga olish maqsadida tashkil qilingan akciya 10 va 11 avgust kunlari poytaxtimizning turli joylarida o'tkazilmoqda. Unda "Paxtakor-79" jamoasi a'zolari yodga olingan yozuvlar yordamida sobiq jamoa esga olinmoqda.

Ushbu akciyada "Feysbuk", "Tvitter" va "Instagram" ijtimoiy tarmoqlarida suratingizni #paxtakor1979 xeshtegi bilan joylab, ishtirok etishingiz mumkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz