"Paxtakor" nazorat o'yinida Lixtenshteyn klubiga mag'lub bo'ldi

Оқил Абдубарноев
20 yanv 2023
Turkiyadagi yig'in doirasida Toshkentning "Paxtakor" klubi Lixtenshteynning "Vaduc" klubiga 1:2 hisobida yutqazdi.

32-daqiqada yevropaliklar hisobni ochdi. 38-daqiqada Xoldorxonovning uzatmasidan keyin Fayzullaev hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'limda "sherlar" tarkibi to'liq almashtirildi.

84-daqiqada "Vaduc" ikkinchi to'pni kiritishga erishdi.

 

"PAXTAKOR" - "VADUC" (LIXTENSHTEYN) - 1:2

Gollar: Fayzullaev 38 - Fer 33, Sesere 84.

"Paxtakor": Suyunov, Turdimurodov, Tursunov, Abdumajidov, Poyonov, Rahmatullaev (O'ktamov, 30), O'rinboev, Fayzullaev, Jabborov, Xolmatov, Xoldorxonov.

Zaxira: Quvvatov, Hamraliev, Hamrobekov, Turg'unboev, Cheran, Papava, Hamdamov, Todorov, Sobirxo'jaev, Sayfiev, Azmiddinov, O'ktamov.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Пахтакор" ФК матбуот хизмати