

"Onamiz bilan gaplashamiz, ammo u vaziyatni bilmaydi. U o'zining dunyosida yashaydi. Har safar unga "Biz u uchun duo qilishimiz kerak" deganimda ko'zini ochadi. Ammo, onam aslida men nimani nazarda tutganimni anglamaydi", - deydi futbolchining singlisi Mariya intervyuda.
Pele 29 dekabr kuni hayotdan ko'z yumdi. Uning 82 yoshida vafot etishiga rak sabab bo'ldi.
Braziliya hukumati afsonaviy Pelening o'limi sabab mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi. U bugun o'z nihoyasiga etadi.
Sobiq futbolchi uch karra (1958, 1962, 1970) jahon chempioni hisoblanadi. Braziliyalik shuningdek faoliyatida 1279ta gol urgan holda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Pelening onasi noyabr oyida 100 yoshni qarshiladi.



