Pep Gvardiola YCHLdagi g'alabalar soni bo'yicha Aleks Fergyusonni ortda qoldirdi

Omonjon To`xtamirzayev
5 okt 2023
Kecha "Manchester Siti" YCHL 2-turi doirasida "RB Leyptsig"ni mag'lubiyatga uchratdi (3:1).

Bu bahsdan keyin Pep Gvardiola musobaqadagi 103 g'alabasini qo'lga kiritdi va bu borada Aleks Fergyusonni ortda qoldirdi (190 o'yinda 102 g'alaba). Bunday natijani qayd etish uchun Gvardiolaga 161 o'yin etarli bo'ldi.

Chempionlar Ligasidagi g'alabalar soni bo'yicha "Real" ustozi Karlo Anchelotti yetakchi – 109 ta g'alaba (193 o'yin).

Shuningdek, TOP-5ga Arsen Venger (82 - 178 o'yin) va Joze Mourinyu (77 - 145 o'yin) kiradi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: HaytersTV