Pep Gvardiola: "JCH-2026ni Angliya yutishini istayman"

Mirjalol Normatov
5 dek 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola JCH-2026da Tomas Tuxel Angliya termasi bilan g'oliblikni qo'lga kiritishini istashini aytdi.

"Deyarli o'sha-o'sha jamoalar, barcha bir-birini yaxshi biladi. G'oliblik uchun 4-5 nomni aytsam ham hech kim xafa bo'lmaydi.

Angliyani favoritlar orasiga qo'shishni istardim. Uzoq vaqtdan beri shu yerda yashayapman va shu davlatning bir qismi bo'lib qoldim. Tomas va uning jamoasi ushbu turnir g'olibi bo'lsa, xursand bo'lardim", - dedi Gvardiola.

Bugun JCH-2026ga qur'a tashlanadi va unda barcha guruhlar deyarli aniq bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal