

Baxtiyor Namozov ushbu mundialda guruh bosqichi doirasidagi Polsha - Braziliya (4:7) va Braziliya - Portugaliya (4:3) uchrashuvlarida hakamlik qildi. Bugun, 7 may kuni bo'lib o'tadigan Taiti va Braziliya o'rtasidagi final uchrashuvida ham aynan o'zbekistonlik hakam ishlaydi.
Ma'lumot uchun, plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati 27 aprel kuni start oldi va unda 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etmoqda. Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionatida g'olib bo'lish bo'yicha Braziliya mutloq rekordchi hisoblanadi. Lotin Amerikasi jamoasi 13 marta chempionlikka erishgan. Portugaliya va Rossiya ikki martadan, Fransiya esa bir marta g'olib bo'lishgan. Taitining eng yaxshi natijasi Jahon chempionati finalidagi ishtirok bo'lgan.




