PSJ futbolchisi og'ir jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
30 okt 2025
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike fransiyalik vinger Dezire Duening "Loryan"ga qarshi o'yinda (1:1) olgan jarohati haqida gapirdi.

Enrike klub matbuot xizmatiga Duening juda noodatiy jarohat olganini, bu esa yosh futbolchining ahvolini oldindan aytib berishni qiyinlashtirganini aytdi.

"Umid qilamanki, Duening jarohati jiddiy emas. Biz kutishimiz va tekshiruv natijalari qanday bo'lishini ko'rishimiz kerak", – deb qo'shimcha qildi ispaniyalik mutaxassis.

Shifokorlarning tashxisi hozircha noma'lum, ammo bir qator nashrlar futbolchi o'ng sonidan jiddiy jarohat olgani haqida yozmoqda.

Eslatib o'tamiz, Due "Loryan" bilan o'yinning ikkinchi bo'limi o'rtalarida jarohat oldi. O'yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Dezire Due ushbu mavsum 8 o'yinda 3 ta to'p kiritdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN