PSJ qishgi transfer oynasida 7 nafar futbolchini sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2021
PSJ qishki transfer oynasida bir qator futbolchilar bilan xayrlashib, maoshlarga sarflanadigan mablag'ni kamaytirmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, Fransiya chempionati grandi "tark etadiganlar" ro'yxatiga quyidagi futbolchilarni kiritgan: Serxio Riko, Tilo Kerer, Abdu Diallo, Mauro Ikardi, Rafinya, Leven Kyurzava, Leandro Paredes.

PSJ Fransiya chempionatida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin taqibchisi "Marsel"dan 12 ochko oldinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, PSJning navbatdagi uchrashuvini "Lans"ga qarshi 4 dekabr kuni o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru