PSJning ikki futbolchisi koronavirusga chalindi

Aziz Tukhtamuradov
30 yanv 2021
PSJ jamoada koronavirus bilan bog'liq ikkita holat qayd etilganini ma'lum qildi.

Jamoada Marko Verratti va Abdu Dialloning topshirgan testi musbat natija bergan. 

Har ikki futbolchi ham ayni paytda izolyaciya qilingan va ertaga Fransiya chempionati doirasida tashkil etiladigan "Loryan"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. 

Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar qilingandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside