Sevimli jamoamiz Navoiyning “Qizilqum” futbolchilari dastlabki turni o'z maydonida o'tkazadi. 14 mart kuni navoiyliklar Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qiladilar.
“Qizilqum” professional futbol klubi Matbuot xizmati viloyatda faoliyat ko'rsatuvchi ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida akkreditatsiya ishlari davom etayotganligini ma'lum qiladi. Jurnalistlar uchun taqdim etiladigan maxsus beyjiklar ularning “Qizilqum” jamoasi ishtirokida o'tkaziladigan mamlakat chempionati va O'zbekiston kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionda o'zlari uchun ajratilgan joydan kuzatish, matbuot anjumanlarida ishtirok etish huquqini beradi.
Akkreditatsiya 13 mart kuni to'xtatiladi.
Buning uchun ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlari o'zlari faoliyat ko'rsatadigan telekanal, radiokanal hamda tahririyat rahbari imzosi bilan “Qizilqum” PFK ijrochi direktori Hamidjon Aktamov nomiga xat taqdim etishlari lozim. Xatga ikki dona (3,5X4,5 hajmda) surat va pasport nusxasini ilova qilishlari talab qilinadi.
Eslatib o'tamiz, OAV va matbuot xodimlarining o'yinlar chog'ida stadionlarga turli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan guvohnomalar bilan kirishiga ruxsat etilmaydi.
Murojaat uchun telefon - +998933166074.
Elektron pochta manzilimiz: fcqizilqum@gmail.com