Rakitich: "Bu so'nggi ikki yillikdagi eng yaxshi "Real"

Mirjalol Normatov
28 noya 2021
"Sevilya" yarim himoyachisi Ivan Rakitich LaLiganing 15-turida "Real"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

- "Barselona" bilan 5 marta "Bernabeu"da g'alabaga erishgansiz.

- Bunday o'yinlar unutilmaydi. "Bernabeu" - ajoyib stadion, ta'mirdan keyin yanada chiroyli ko'rinadi. Shunday stadionni futbolchilarga topshirayotgani uchun klub prezidentini tabriklash kerak.

"Barselona" bilan ko'p bora g'alabaga erishganim juda yaxshi. Umid qilamanki, "Sevilya" bilan ham shunday ish qila olaman. Muxlislarimiz bizdan ko'p narsa kutishmoqda.

- "Bernabeu"da o'zingizni yaxshi his qilasizmi?

- G'alabaga erishgandan keyin. Bazida qo'rqib ham turaman. Bo'lib turadi. Chunki bu yerda o'yin oson o'tmaydi. Hozir bizda kuch katta.

- "Real"ni qanday baholaysiz?

- So'nggi ikki yillikdagi eng yaxshi "Real", eng kuchlisi. Ularda tajriba katta, yosh futbolchilari esa juda zo'r o'yin ko'rsatmoqda. Ularni mag'lub etish uchun ideal o'yin ko'rsatish kerak. Ular xato qilishmaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal