Rakitich jamoasining navbatdagi o'yiniga 500 ta chipta sotib oldi

Оқил Абдубарноев
7 mar 2024
Buning sababi ma'lum bo'ldi.

Saudiya Arabistonining "Al Shabab" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoaning vafot etgan sobiq o'yinchisi Muhammad Al Mug'anim xotirasi uchun navbatdagi o'yinga 500 ta chipta sotib oldi.

"Barselona" sobiq futbolchisi "X" platformasiga Muhammad Al Mug'anim suratini joylashtirib, uning xotirasi uchun 500 ta chipta sotib olganini, muxlislarni stadionga tashrif buyurishini va jamoani qo'llab-quvvatloviga muhtojligini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, "Al Shabab" chempionat doirasidagi navbatdagi uchrashuvini "Al Fayha"ga qarshi o'tkazadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/ivanrakitic