Rakitich "Sevilya" tarkibidagi 200-o'yinini o'tkazdi

Alisher
24 avg 2021
"Sevilya" Ispaniya chempionati 2-tur doirasida "Xetafe" (1:0) mehmoni bo'ldi.

Yarim himoyachi ikkinchi bo'lim boshida Alexandro Gomesning o'rniga maydonga tushdi. Bu uning Andalusiya klubi tarkibidagi 200-o'yini bo'ldi.

Xorvat o'tgan yilning sentyabr oyida "Sevilya"ga "Barselona"dan 1,5 million evro evaziga qaytgan edi.

33 yoshli futbolchi sevilyaliklar bilan 2013/14 yilgi mavsumda Yevropa Ligasida g'alaba qozongan. Rakitich "Sevilya" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 46ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia