Rangnik Pogbaning ro'za tutayotgani haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
19 apr 2022
“Manchester Yunayted” ustozi Ralf Rangnik bugungi “Liverpul”ga qarshi bahs oldidan ro'za tutgan Pol Pogba haqida fikr bildirdi.

“U professional futbolchi sifatida bunga ko'nikkan. U bilan bu haqda gaplashmadim, bu uning o'yiniga ta’sir qilmaydi. Bilishimcha, u ro'za tutadi, ammo aytganimdek, bu haqda u bilan shaxsan gaplashmaganman.

Boshqa klublarda ham ro'za tutadigan o'yinchilar ko'p. “Liverpul”da kamida bir futbolchi ro'za tutishini bilaman, u shogirdim bo'lgandi. Bu Ibrohim Konate”, deydi nemis mutaxassisi.

Eslatib o'tamiz, APL 30-turi doirasida qoldirilgan “Enfild”dagi bahs 20 aprelga o'tar kechasi 00:00 da start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal