

"Xususan, bugun mahoratli markaziy himoyachi Anri Chichinadze klubimiz bilan bir yillik rasmiy shartnomaga imzo chekdi.
Anri Chichinadze faoliyati davomida "Torpedo Kutaisi", "Saburtalo Tbilisi" va "Dila" kabi nomdor klublari safida maydonga tushgan. Shuningdek, mahoratli Gruziya yoshlar terma jamoalarida ham bir nechta uchrashuvlarni o'tkazgan. Ortda qolgan mavsumda "Dila" jamoasi bilan Gruziya vice-chempionligini qo'lga kiritdi.
"Turon" futbol klubi legioner futbolchi Anri Chichinadzening jamoamizdagi faoliyatida yuksak muvaffaqiyat va zafarlar yor bo'lishini tilaydi", - deb yozadi klub matbuot xizmati bayonotida.



