Rasman: Arslanmirat Amanov AGMKga qaytdi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2020
AGMK futbol klubi navbatdagi transferni rasmiylashtirdi.

Olmaliqlik futbol muxlislari yoqimtoyiga aylangan va 2015-2016 yilgi mavsumlarda jamoamiz sharafini himoya qilgan Arslonmirat Amanov yana "o'z uyi"ga qaytdi.

AGMK futbol klubi turkmanistonlik qanot yarim himoyachisi Arslonmirat Amanov bilan shartnoma imzoladi va sobiq futbolchimiz yana jamoamiz a'zosiga aylandi.

Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, Arslonmirat Amanov AGMKdan so'ng O'zbekiston chempionatida ma'lum vaqt "Buxoro" va "Lokomotiv" sharafini himoya qildi. Yangi mavsumdan e'tiboran esa Amanov yana jonajon jamoasiga aylangan AGMK libosida o'z o'yinlari bilan yana muxlislar olqishi va ishonchini qozonishga harakat qiladi.

Arslonmirat Amanov AGMK safida 55 o'yin o'tkazgan va 8 golga mualliflik qilgan. Shuningdek, Amanov Turkmaniston milliy jamoasi a'zosi hisoblanadi. Arslonmirat Amanov Turkmaniston terma jamoasida hozirga qadar 38 o'yin o'tkazib, 10 ta gol muallifiga aylangan.

AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Arslonmirat!

Arslonmirat Amanov haqida qisqacha ma'lumot:

Tug'ilgan sanasi: 1990 yil, 28 mart

Tug'ilgan joyi: Turkmaniston

Yoshi: 29

Poziciya: yarim himoyachi, vinger

O'ynagan jamoalari: "Ashhobod" (2007-2009), MTTU (2010-2013), "Okjetpes", Qozog'iston (2012), "Irtish", Qozog'iston (2014), "Oltin Asr" (2017), "Buxoro" (2018), "Lokomotiv" (2019), AGMK (2015-2016, 2020-...)


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати