Rasman: Ilkay Gyundogan "Manchester Siti"ga qaytdi!

Sherzod Nurmatov
23 avg 2024
"Barselona" va "Manchester Siti" Ilkay Gyundogan transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Tajribali yarim himoyachi 1 yilga uzaytirish sharti bilan 1 yillik bitimga imzo chekdi.

Gyundogan Angliya chempioni safiga erkin agent sifatida qo'shildi. U o'tgan mavsum Kataloniya jamoasida 51 ta o'yinda harakat qilib, 5 ta to'p kiritgan va 14 ta golga assistentlik qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Ilkay "Barselona"ga transfer qilinguniga qadar uzoq vaqt davomida "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com