"Uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni ko'ngilgidek o'tgani yo'q. Sababi o'tgan turda, "So'g'diyona" bilan bo'lgan o'yinda keskin o'tib bir qator futbolchilarimiz jarohat olishgandi. Shu bois ham miyasi chayqalgan G'ulom O'runov bugun o'ynay olmadi.
Muxlislarni xursand qilish istagi bilan maydonga tushgandik. Mahorat bobida "Bunyodkor" ustunlik qildi. Lekin vaqti-vaqti bilan chiroyli o'yin ko'rsata oldik. Bobojonovning zarbasidan so'ng raqib posboni yaxshi harakat qildi. Biz borimizni berdik. Vaziyatga real qarash kerak. "Qaldirg'ochlar" safida ko'plab yetakchi futbolchilar bor. Ularda zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishdi. Bizda esa zaxiramiz biroz qisqa bo'lgani pand berdi. Shotursunov, O'runov o'ynay olishmadi. Bugun maydon markazida o'yinni boshqara oladigan futbolchi yetishmadi.
Zayniddin Tojiev va Asror Aliqulovning tezligiga emas, ularning tajribasiga tayanmoqdamiz. Yaqin orada ularning o'rniga yosh futbolchilar chiqishadi. Bu ikki futbolchi jamoaga katta foyda keltirmoqda", - deydi Ravshan Haydarov.