"Real" himoyachisi jarohat oldi va 3-4 haftaga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
9 avg 2018
"Roma"ga qarshi uchrashuvda "Real" himoyachisi Xesus Valexo mushaklaridan jarohat oldi.

"Marca" ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli futbolchining safga qaytishi uchun 3-4 hafta vaqt ketadi.

Shu boisdan Valexo yangi mavsumning startini maydondan tashqarida o'tkazib yuboradi va faqatgina avgustning oxirlarida o'yinlarda qatnashishi mumkin bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca