"Real" Mbappeni yozda xarid qilmoqchi, keyingi yili Xolandni

Alisher
20 apr 2021
"Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xolandni xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Madrid klubi francuz bilan ushbu yozda shartnoma imzolaydi. Xolandning shartnomasida esa 2022 yilning yozidan boshlab 75 million evrolik tovon puli amal qiladi va "Real" o'shanda norvegiyalikni o'z tarkibiga jalb qilmoqchi.

"Real" "Borussiya"ning Chempionlar Ligasida o'ynashini xohlaydi, sababi Xoland agar jamoa bu turnirda o'ynamasa, klubini o'zgartirishga qattiq ahd qilgan. Agar klub CHLda o'ynamasa, "Real" Mbappe va Xolanddan birini tanlashiga to'g'ri keladi.

Ammo, "qirollik klubi" "Borussiya" hujumchisining yozda klubini o'zgartirmasligiga umid qilmoqda, bu borada "Real"da Xolandning yaqin do'sti Martin Edegor ham foydaga xizmat qiladi deb hisoblamoqda. Ispan klubi shuningdek "Real"ning Yevropadagi obro'si va "Borussiya" bilan yaxshi munosabatlari ham 20 yoshli o'yinchining qaroriga ta’sir ko'rsatadi deb hisoblamoqda.


AlisherMuallif
Manba: As