"Real"ning taklifi Mbappe atrofidagilarni ishontira olmayapti

Aslanov Jasurbek
13 fev 2024
Kilian Mbappening atrofidagilari hujumchining "Real"ga o'tishiga to'sqinlik qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining o'zi PSJda qolish yoki "Real"ga o'tish borasida bir qarorga kelgani yo'q, ammo ikkinchi variantni xohlayapti. Lekin ispan jamoasining taklifi futbolchi atrofidagilarni ko'ndira olmadi. Shu sababli jarayon cho'zilmoqda.

"Real" prezidenti Florentino Peresning fikricha, Mbappeni jamoaga olib kelish uchun hamma ishni qilgan. Peres futbolchi bilan shaxsan o'zi muloqot qilib, muzokaralarda faol ishtirok etmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic