Reyna: "Barselona"ga qaytsam xursand bo'laman"

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013
Ayni paytda "Napoli"da ijarada o'ynayotgan "Liverpul" darvozaboni Pepe Reyna "Barselona"ga qaytsa xursand bo'lishini ma'lum qildi, bu haqda ispan matbuoti xabar berdi.
Ayni paytda klub rahbariyati Viktor Valdesdan klubdagi faoliyatini davom ettirishni so'rashmoqda. Ammo posbon yozda shartnomasi tugagach klubdan kyetishini ma'lum qilmoqda.

"Men "Barselona"ga qaytsam xursand bo'laman. Bu klub nomi bilan meni bog'lashayotgani quvonchli. Ammo ayni paytda bor fikru hayolim "Napoli"da. Yozda nima bo'lishini esa ko'ramiz", - deydi Reyna.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com