Rifat Akramxo'jaev: "Mavsumni g'alaba bilan boshlaymiz, degan umiddaman"

Eldor Akmurzayev
20 fev 2021
"Surxon" jamoasi bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaev qur'a tashlash marosimidan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yangi mavsumga qur'a tashlash marosimi yaxshi saviyada tashkil qilindi. Nima bo'lgan taqdirda ham barcha jamoalar bilan o'ynaymiz. Mavsumni g'alaba bilan boshlaymiz, degan umiddaman. Keyingi uchrashuvlarga ham munosib tayyorlanamiz. 

Chempionat startida "Metallurg" bilan o'ynashimizni kutmagan edim. Chiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Rifat Akramxo'jaev.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia