Rifat Akramxo'jaev "Surxon"dan ketdimi? Murabbiy javob berdi

Aslanov Jasurbek
6 may 2021
Bir necha soatlardan so'ng Superliganing ettinchi turidan o'rin olgan "Surxon" - AGMK uchrashuvi boshlanadi.

Uchrashuv qaydnomasiga e'tibor berar ekanmiz "Surxon" jamoasining bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaevning o'rnida Bahrom Haydarov texnik direktor sifatida ko'rsatilganiga ko'zimiz tushdi. Biz esa barchasiga oydinlik kiritish maqsadida bosh murabbiy Rifat Akramxo'jaevga yuzlandik.

"Jamoadan ketganim yo'q. Oilaviy sabablarga ko'ra Toshkentda bo'lib turibman. Bu borada klub rahbariyatidan ruxsat olgandim. Nasib qilsa AGMK bilan o'yindan so'ng jamoaga borib qo'shilaman. "Surxon" ushbu uchrashuvdan so'ng Toshkentga qaytadi. Shundan so'ng yana ish jarayoniga qaytaman",- deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia