Ronaldu "Manchester Yunayted" muxlislariga minnatdorchilik bildirdi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu "MYU" ishqibozlariga "Old Trafford"da iliq kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

YCHL guruh bosqichi 3-turi doirasida "Manchester Yunayted" klubi "Yuventus"ni qabul qildi va Dibalaning yagona goli Allegri shogirdlariga g'alaba keltirdi. Uchrashuvda  Ronaldu sobiq jamoasiga qarshi harakat qildi.

Ronaldu "qizil iblislar" muhlislariga  seshanba oqshomidagi bahsda iliq kutib olishganligi uchun tashakkur bildirdi.  

Qayd etish kerak, Ser Aleks Fergyuson davrida Krishtianu klub bilan 3 marotaba Angliya Premer Ligasi va 1 marta Yevropa Chempionlar Ligasida zafar quchgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: goal.com