“Rostov”ni yana bir legioner tark etdi

Eldor Akmurzayev
15 yanv 2020
“Rostov” himoyachisi Machey Vilyush jamoadan ketdi.

Tomonlar kelishgan holda shartnomani bekor qilishgan. 

Polshalik futbolchi 2017 yil rostovliklar tarkibiga kelib qo'shildi. 2019 yilning boshlarida esa oyog'idan jarohat olib, bir necha oyni lazaretda o'tkazdi. Joriy mavsum 31 yoshli Vilyush Rossiya Kubogida 2 o'yinda qatnashdi. 

Uning keyingi klubi esa “Ural" bo'lishi kutilmoqda.

Avvalroq, “Rostov” islandiyalik tajribali himoyachi Ragnar Sigurdsson bilan xayrlashgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru