Ro'zimboy Ahmedov va Oybek Nurmatov "Dinamo"da

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2021
"Dinamo" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan samarqandliklarning mashg'ulotida Ro'zimboy Ahmedov va Oybek Nurmatov ishtirok etmoqda. Ro'zimboy Ahmedov Pro liganing birinchi davrasida "Xorazm" safida o'tkazdi. Hujumchi 10ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini 7 bor aniq nishonga oldi. Oybek Nurmatov esa "So'g'diyona"da 4ta bahsda ishtirok etdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia