Rustam Ashurmatov "Rubin" - "Axmat" uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Tolibjon Qosimov
3 apr 2024
Rossiya Premer ligasi 22-turida "Rubin" jamoasi "Axmat"ni qabul qilib 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'sha uchrashuvda qozonliklar safida hamyurtimiz Rustam Ashurmatov to'liq hakarat qilgan va 90+4 - daqiqada sariq kartochka olgan edi. "Rubin" matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda bellashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun 4 nafar nomzodni e'lon qildi va muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi. Unga ko'ra, Rustam Ashurmatov mazkur bahsning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. U so'rovda Yuriy Dyupin (darvozabon), Valentin Vada va Mirlind Daku (ikkisi hujumchi)larni ortda qoldirdi.

Rustam Ashurmatovning "Axmat"ga qarshi o'yindagi statistikasi:

Yutilgan yakkakurashlar - 9ta;

Muvaffaqiyatli texnik-taktik harakat - 66ta;

To'pni jamoasiga qaytarib olib berish - 22ta;

Raqib pasini ilib kyetish - 8ta;

Maydonning uchinchi qismi (raqib jarima maydoni tomon)ga aniq paslar - 6ta;

To'p uzatishlar aniqligi - 86 foiz.


Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Rubin" ichki chempionatda 21 turdan keyin 32 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Рубин" матбуот хизмати