Sarri: "Siti"ni qanday qilib yutish kerakligini bilmayman. Buni borib boshqasidan so'rang"

Mirjalol Normatov
7 dek 2018
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri APLning 16-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Manchester Siti"ni qay tariqa yutmoqchiman? Bilmayman. Gvardiolaga qarshi o'tgan barcha o'yinlarimda mag'lub bo'lganman. Demak, bu savolni boshqasiga bersangiz yaxshiroq bo'ladi", - dedi Sarri.

"Chelsi" - "Manchester Siti" uchrashuvi ertaga soat 22:30da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports