Sarvar Jo'raev “So'g'diyona” bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2016
O'tgan mavsum “Olmaliq” va “Sho'rtan” jamoalarida o'ynagan futbolchi kuni-kecha o'ziga yangi jamoa topdi.

Jo'raevning o'zi bilan bog'langanimizda unga Jizzaxning “So'g'diyona” klubidan jiddiy qiziqish bo'lgan. Shu bois 28 yoshli futbolchi ularning taklifini qabul qildi. Sarvar yangi jamoasi bilan bir yillik shartnoma tuzganini ham ta'kidladi. Lekin chap qanot himoyachisi betob ekanligi sabab hozirda jamoa bilan birga emas. Aytishlaricha Jo'raev 15 yanvardan “So'g'diyona” yig'iniga borib qo'shiladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia