Shohruh Mahmudxojiev: "Maydonga gol urish uchun tushmagandim"

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2019
"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar hujumchi Shohruh Mahmudxojiev o'z fikrlarini bildirdi.

Ushbu bahsda zaxiradan maydonga tushgan futbolchi so'nggi daqiqalarda ikkita gol urib "Paxtakor"ga g'alab keltirdi.

"Qo'qondagi o'yin juda qiyin bo'ldi. Bugungi g'alabani ota-onamga bag'ishlayman. Shuningdek menga ishonib maydonga tushirgan bosh murabbiy Shota Arveladzega minnatdorchilik bildiraman.

Maydonga gol urish uchun emas, balki jamoamga yordam berish uchun tushdim. Birinchi golni urganimizdan keyin yigitlarning ruhiyati ko'tarildi va yakunda g'alaba qozonib ketdik.

Toshkentdan kelgan muxlislarga rahmat aytaman", - deydi Shohruh Mahmudxojiev.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia