JCH-2022 saralashidagi raqibimiz Singapur terma jamoasi kelasi hafta 2 kun mashg'ulot o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi raqiblari xususida ma'lumot berib borishda davom etamiz.

Terma jamoamizning mazkur bosqichdagi raqiblaridan biri Singapur terma jamoasi kelasi haftada 2 ta norasmiy mashg'ulot o'tkazadi. Gap shundaki, 30 may kuni mazkur yurt termasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan yaponiyalik mutaxassis Tacuma Yoshida ayni paytda Singapur Premer-ligasida to'p suruvchi futbolchilarni kuzatish jarayonini davom ettirmoqda.

Singapur terma jamoasiga nomzod futbolchilar bilan yanada yaqinroq tanishish, ularning harakatlariga baho berib olish maqsadida 5 va 10 avgust kunlari 2 ta norasmiy mashg'ulot o'tkaziladi. Bu haqda Singapur futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti ma'lumot bermoqda. Mashg'ulotlarga 30 nafar mahalliy chempionatda faoliyat olib borayotgan futbolchilar chaqirildi. Qolaversa, Singapur Premer-ligasi klublari bosh murabbiylari ham ushbu 2 ta mashg'ulotda ishtirok etib, o'z fikr va mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz