"So'g'diyona" xavbeki "Navbahor"ga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
22 dek 2025
Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"So'g'diyona" yarim himoyachisi Shohruh Abdurahmonov faoliyatini "Navbahor"da davom ettirishga yaqin. Muzokaralar davom etmoqda", – deyiladi xabarda.

26 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum 17 o'yinda 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Transfermarkt portali uni 250 ming evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt