

Turni Bekobodda o'tadigan "Metallurg" - "Qizilqum" to'qnashuvi boshlab beradi. Mazkur bahsni SPORT telekanali tungi soat 00:05dan boshlab yozib olingan holda namoyish etadi.
Qarshidagi "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi esa soat 19:15da boshlanadi va bu o'yin jonli efirda namoyish etiladi. Championat.asia saytining ikki nafar xodimi Shahboz Beg'amov va Jahongir Fayzullaev ayni paytda Qarshi shahrida bo'lib turibdi. Qarshidagi bahs saytimiz orqali matnli + foto translyatsiya qilinadi.

O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga


