Suares italyan tilidan imtihon topshirishga yo'l oldi. Nega?

Alisher
17 sen 2020
"Barselona"ning ertalabki mashg'ulotlaridan so'ng hujumchi Luis Suares italyan tilidan imtihon topshirish uchun Perujaga yo'l oldi.

Ushbu imtihonning topshirilishi Italiya pasportini olish uchun eng shartli bosqich hisoblanadi.

Oldinroq, Suaresning "Yuventus"ga o'tishi amalga oshmagan, bunga sabab esa urugvaylik futbolchi uni Yevropa Ittifoqi (EI)dan o'yinchi sifatida e'lon qilish uchun kerakli hujjatlar yo'qligi keltirilgan edi.

Yangi xabarlar esa bitim hali amalga oshishi mumkinligini anglatmoqda. Suaresga shuningdek "Atletiko" va PSJ qiziqish bildirmoqda.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport