Suorbrik boshqa futbolchini chetlatganini tan oldi

Narzulla Saydullayev
22 mar 2015
"Manchester Siti" - "Vest Bromvich" uchrashuvi bosh hakami Nil Suorbrik Garet Makaulini chetlatish vaqtida yo'l qo'ygan xatosini tan oldi.
O'sha o'yinning boshida Suorbrik Vilfrid Boniga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etilganini ko'rdi. Biroq qoidani buzgan Kreyg Dousonning o'rniga Makauliga qizil kartochka ko'rsatdi.

"Referi qoidani boshqa futbolchi buzganini tan oldi. Referi o'z xatosi uchun rasman uzr so'radi", - deb yoziladi hakamlar bayonotida.

Bunday holat birinchi marta kuzatilayotgani yo'q. Oldingi holatlarda bo'lgani kabi "Vest Bromvich" apellyaciya berishi va diskvalifikaciya qilingan futbolchining jazosini bekor qildirishga yaqin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru