Superkubok sanasi o'zgaradi. Nima uchun?

Iskandarov Abdulaziz
19 fev 2023
Bugun "Nasaf" o'zi uchun o'ta muhim bo'lgan o'yin bilan yilni rasmiy uchrashuv bilan boshlaydi.

"Al Shabab"ga qarshi kechadigan OCHL o'yinida qarshiliklarga omad tilagan holda, e'tiboringizni "Nasaf" va "Paxtakor" ishtirokidagi O'zbekiston superkubogiga qaratamiz. Superkubok sanasi etib 14 mart belgilangan. Ammo qayerda o'tishi aniq emas. PFLda 1-2-3 - tur taqvimlari ham e'lon qilindi. Ahamiyat beramiz:

1-turda "Paxtakor" 3 mart kuni, "Nasaf" 4 mart kuni Superligadagi o'z ishtirokini boshlaydi. Ikkinchi turda "Paxtakor" 10 mart kuni o'ynasa, "Nasaf"ning o'yini PFL rasmiy saytidagi ma'lumot bo'yicha 12 mart sanasiga qo'yilgan. Mana shu yerda, tashkilotni dekabrda bergan ma'lumotiga ko'ra Superkubok sanasi 14 mart qilib belgilangan. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, Ro'ziqul Berdiev shogirdlariga juda qiyin bo'ladi. Raqib ham jiddiy, "Paxtakor".

"Paxtakor"ning muammosi esa boshqa bo'ladi. 14 mart kuni Superkubokda qatnashsa, (hali 100% aniq emas) 17da "Navbahor" bilan o'ynashi kerak. Tiklanish uchun tabiiyki vaqt yo'q. Qizig'i, "Nasaf" ham shu kuni "Buxoro"ga safar qiladi. Bu yerda endi Katanets bosh planga chiqdi. Chunki 17 va 19 mart oralig'idagi tur uchun, "Nasaf" va "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarni birinchi sanasiga qo'yib berishini so'radi, FIFA kuni. Qizig'i, O'FA hamon FIFA kunida terma jamoa qachon yig'ilishi va unga kimlar jalb qilingan-u, kimlarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi borasida bir og'iz axborot bermagan. Umuman bunday kelishmovchilik birinchi marotaba bo'layotgani yo'q. Azaldan biz terma jamoa va liga o'rtasida aniq taqvimni bilmaymiz. Bizku mayli, ammo bu klublar uchun juda katta qiyinchilik tug'dirishi aniq. Qachon qayerda o'ynashiga qarab rejalarini tuzishadi. Taqvim borasida ko'p savollar yuzaga keladi. 



"Nasaf"ning taqvimiga qarasangiz, klub 12 martdan 17chigacha 5 kun ichida 3ta o'yin o'tkazadi. Jamoa Buxoroga bir kun oldin borishini hisobga olsak tayyorgarlik uchun vaqt muammoga aylanadi. 

12.03.2023 "Nasaf" - "Turon"

14.03.2023. O'zbekiston superkubogi

17.03.2023. "Buxoro" - "Nasaf"


Bugun aniqlashimizcha, Superkubok sanasi o'zgarishi mumkin ekan.

Shaxsiy taklifim, Superkubokni avgust oyida o'tkazish. Bu yil Pro Ligaga tushib ketgan "Qo'qon-1912" muxlislari uchun ayni muddao bo'lardi bu o'yin, agar mezbonlik vodiyliklarga berilsa. Katta o'yinlarni sog'inadigan muxlislarga, yangilanayotgan chimda Superkubokni tomosha qilish zavq berishi aniq. O'tgan yili Yaypanda haqiqiy futbol bayramiga guvoh bo'lgan edik. Estafetani Qo'qonda qoldirgan maqulroq, deb bilaman. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia