Superliga. "Lokomotiv" "Surxon"dan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2021
Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



LOKOMOTIV – SURXON - 2:0
16 sentyabr 2021 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
VAR assistenti: Andrey Sapenko
VAR nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Azizbek Amonov 49, - 1:0 (Kaxi Maxaradze). Sanjar Qodirqulov 56, - 2:0 (Diyorjon Turopov).

"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 3. Islom Qobilov, 5.Kaxi Maxaradze (94.Xurshidbek Muxtorov, 80), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (19.Jasur Jaloliddinov, 75), 14.Azizbek Amonov (54.Igor Chikrizov, 65), 17. Sanjar Qodirqulov (27.Islom Rashidxanov, 65), 20.Jaloliddin Jumaboev, 21. G'ulom Haydar G'ulomov, 28.Shuhrat Muhammadiev (22.Samuel Ope, 65), 37. Sherzod Fayziev, 77. Diyorjon Turopov.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Dilshodjon Komilov, 7. Sadriddin Abdullaev, 10.Marat Bikmaev.

"Surxon": 12. Rustam Nortojiev, 4. Javohir Sohibov, 6. Alisher Salimov, 7.Islom Toshpo'latov (99. Kamron Saidazimov, 55), 8. Jahongir Ahmadov, 14 Jasur Xolto'raev, 19. Nuriddin Hasanov (17. Sardor Sulaymonov, 84), 20. Husniddin G'ofurov, 23. Abdul Aziz Yusupov (11. Zohir Pirimov, 62), 70. Ibrohim Yo'ldoshev (66. Behruz Shaydulov, 55), 80. Nikita Pavlenko (10. Murodbek Bobojonov, 62).
Zaxira: 1. Azamat Ahmedov, 5.Jasur Yoqubov, 60. O'ral Choriev, 77. Asror G'ofurov.

Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov 8, Jahongir Ahmadov 67, Behruz Shaydulov 86, Igor Chikrizov 90+2.



YANGILASH



90+7. O'yin tugadi. "Lokomotiv" - "Surxon" 2:0

90+2. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Igor Chikrizov

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shildi

86. ZARBAAAAAAAAAA! Muxtorovning jarimadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi!

86. Ogohlantirish. "Surxon". Behruz Shaydulov

84. O'zgarish. "Surxon". Hasanov o'rniga Sulaymonov maydonga tushdi

83. ZARBA! Kamron Saydazimovning 20 metrlardan yo'llagan zarbasidan keyin Ilyosov to'pni qaytardi!

80. O'zgarish. "Lokomotiv". Maxaradze o'rniga Muxtorov tushdi

80. ZARBA! Bobojonovning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi

75. O'zgarish. "Lokomotiv". Abduxoliqov o'rniga Jaloliddinov tushdi

68. ZARBA! Abduxoliqovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Nortojiev to'pni ushlab oldi

67. Ogohlantirish. "Surxon". Jahongir Ahmadov

65. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Muhammadiev, Amonov, Qodirqulov o'rniga Ope, Rashidxonov va Chikrizov tushdi

62. O'zgarishlar. "Surxon". Yusupov o'rniga Pirimov, Pavlenko o'rniga Bobojonov maydonga tushdi

56. Bosh hakam VAR ni ko'rmoqda. Gol hisobga olindi

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sanjar Qodirqulov 2:0. Turopov uzatgan to'pni Qodirqulov darvozaga yo'lladi. 





55. O'zgarishlar. "Surxon". Toshpo'latov va Ibrohim Yo'ldoshev o'rniga Saydazimov va Shaydulov tushdi

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Azizbek Amonov jarima maydoni chizig'i ustidan chiroyli gol urdi - 1:0




47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Abdulaziz Yusupov gol urdi, ammo o'yindan tashqari holat tufayli gol inobatga olinmadi

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Birinchi taym yakuniga etdi, hozircha 0:0

45+1. Amonovda qulay imkoniyat paydo bo'ldi, ammo Nortojiev to'pga undan avvalroq yetib keldi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

41. "Lokomotiv"ning hujumi, o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Nortojiev qaytarib yubordi 

35. ZARBA! Yana Amonovdan zarba, yana noaniq!



30. Ilk daqiqalarda tashabbus "Lokomotiv" tomonida edi, so'nggi daqiqalarda o'yin tenglashdi

22. ZARBA! Amonovning navbatdagi zarbasi ham noaniq chiqdi

19. ZARBA! Temurxo'ja Abduxoliqovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

17. Diyor Turopov raqib jarima maydoni ichida yiqildi. Bosh hakam VAR ni eshitdi va penalti yo'q deb topdi

15. ZARBA! Azizbek Amonovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi ozgina noaniq ketdi!

13. O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib bormoqda



8. Ogohlantirish. "Surxon". Javohir Sohibov

7. ZARBAAAA! Qodirqulovning jarima maydoni chizig'i ustidan yo'llagan zarbasidan keyin Nortojiev to'pni ushlab oldi

5. Mezbonlarda burchak to'pi, uzatilgan to'pni Fayziev boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'pni Nortojiev qaytardi.



O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia