Superliga. Tur futbolchisi - Sardor Sobirxo'jaev

Tolibjon Qosimov
12 mar 2021
Coca Cola Superligada 1-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq 9-11 mart kunlari bo'lib o'tgan dastlabki tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boryapmiz.

Superliga. Tur murabbiyi - Piter Xyuistra

Ortda qolgan 1-turning eng yaxshi futbolchisi deb "Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev topildi. Amaldagi chempionlar Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'lishdi. "Sherlar" 0:2 hisobida yutqaza turib kambek amalga oshirishdi. Ushbu irodali g'alabada Sardor Sobirxo'jaevning hissasi katta bo'ldi. Aynan u hujumlarda faol bo'ldi, sheriklarini doimo oldinga chorladi va asosan hujumni keskinlashtiruvchi paslar berdi. Sardor avvaliga jamoasini o'yinga qaytargan penaltini ishladi. Keyin esa IbrohimHalil Yo'ldoshevning goliga o'z vaqtida va aqlli pas berdi. Aynan u kambekka eng katta hissa qo'shgan o'yinchi bo'ldi.

Shu tariqa, "Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev birinchi turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Coca Cola Superliga. 1-tur ramziy terma jamoasi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia