"Surxon" legioneri bilan xayrlashdi

Alisher
28 iyun 2022
Serbiyalik hujumchi Miroslav Markovich "Surxon"dan ketdi.

Ushbu mavsumning birinchi qismini "Surxon" tarkibida o'tkazgan hujumchi bilan ikki tomonning roziligiga ko'ra, shartnoma bekor qilindi.

- Bugun o'zaro kelishuvga ko'ra, shartnomani bekor qildik. "Surxon" futbol klubidan minnatdorman, klubning keyingi faoliyatiga omad tilayman. Ayni damda erkin agent maqomidaman. Biroq boshqa klub bilan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin vaqtlar ichida barchasi aniq bo'ladi va yangi jamoamni ma'lum qilaman.

- Yangi jamoangizni ma'lum qila olasizmi?

- Hozircha yo'q. Oldimda bir nechta variantlar bor. Biror qarorga kelganimcha yo'q. Shu sababli aniq bir gap ham ayta olmayman

- "Surxon" bilan shartnoma qachon yakunlanishi kerak edi?

- Shartnoma bir mavsumga mo'ljallangandi. Ayni damda Toshkentdaman. Muzokaralar davom etyapti. Menga O'zbekiston juda ham yoqdi. Chempionat ham kuchli ekan. Bu yerda faoliyatimni davom ettirishdan xursand bo'laman, - dedi Markovich


AlisherMuallif
Manba: championat.asia