Tebas: "Agar "Manchester Siti" jazolanmasa, APL obro'siga zarar etadi"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2024
LaLiga rahbari Xaver Tebas "Manchester Siti"ning moliyaviy qoidabuzarliklari haqida gapirdi.

"Manchester Siti" 2009/10 mavsumdan 2017/18 mavsumgacha bo'lgan davrda 115ta moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanayotgan edi.

Ushbu ish bo'yicha yakuniy qaror 2025 yilning martida e'lon qilinishi mumkin.

"Premer-liga bosimga taslim bo'lmasligi kerak. "Manchester Siti" - ligadagi klublardan biri xolos va siz assotsiatsiyani boshqarayotgan bo'lsangiz, ishga kirishishingiz kerak.

Premer-liga klublarni katta va kichkinaga ajratmasligi lozim. Assotsiatsiya a'zosi bo'lgan "Manchester Siti" qoida buzgan va jazolanishi shart. Aks xolda APL obro'si tushib ketadi" - dedi LaLiga prezidenti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GiveMeSport