Temurxo'ja Abduholiqov O'zbekiston terma jamoasiga chaqirildi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2019
"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduholiqov O'zbekiston terma jamoasiga chaqirildi.

Bu haqda "temiryo'lchilar" ustozi Andrey Fyodorov "Al-Vahda"ga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk o'yinidan (2:0) so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi. Hujumchi BAA klubi darvozasiga bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mart oyi oxirida Xitoyda bo'lib o'tadigan China Cup-2019 turnirida ishtirok etadi.

O'zbekiston MTJ "China Cup-2019" musobaqasini Urugvayga qarshi o'yin bilan boshlaydi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia