Tim Xovard: "Gvardiola futbolni dabdala qildi"

Omonjon To`xtamirzayev
24 sen 2024
AQSH terma jamoasi sobiq futbolchisi Tim Xovard jamoaning yangi ustozi Maurisio Pochettinoni "tiki-taka" qurboniga aylanmaslikka chaqirdi.

Xovardning fikricha, Xosep Gvardiolaning o'yin uslubi hammaga ham to'g'ri kelavermaydi. 

"Xosep Gvardiola futbolni dabdala qildi. U hammani dominant futbol ko'rsata olishiga ishontirib qo'ydi. Biroq aslida unday emas. Butun dunyoda bor yo'g'i 3 ta jamoa bu ishni chindan a'lo darajada bajara oladi", - dedi Xovard "It's Called Soccer" podkastida. 

Eslatib o'tamiz, Maurisio Pochettino bir necha hafta avval AQSH terma jamoasi boshqaruvini qo'lga oldi. Argentinalik jamoani Amerikada o'tadigan JCH-2026ga tayyorlaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal