“Roma“ to'purar hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Khoja
6 may 2025
Joriy mavsum “Borussiya M“da ajoyib o'yin ko'rsatayotgan hujumchi Tim Klyayndinst faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Hujumchiga “Roma“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. 29 yoshli futbolchiga “Roma“dan tashqari APLning bir qator jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. O'z navbatida “Borussiya M“ ham futbolchisini 30-35 million evroga sotib yuborishga tayyor.

Ma'lumot uchun, “Borussiya M“ Tim Klyayndinst o'tgan yozda 7 million evroga sotib olgandi. U joriy mavsum Bundesligada 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 16 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: romapress.net