Tomas Myuller sovrinlar soni bo'yicha Shvaynshtaygerga yetib oldi

“Bavariya” UEFA Superkubogi uchun bahsda “Sevilya”dan 2:1 hisobida ustun keldi.

Bu “Bavariya” yarim himoyachisi Tomas Myuller uchun o'z faoliyatidagi 26-sovrin bo'ldi. Natijada Myuller tarixda eng ko'p sovrin yutgan nemis futbolchilari ro'yxatida 1-o'rindagi Bastian Shvaynshtaygerga yetib oldi. Endi ikkala futbolchi hisobida ham birdek 26 ta sovrin bor.


Manba: BR/Football