Tomas Myullerga APL jamoalari tomonidan qiziqish bor

Aziz Tukhtamuradov
28 yanv 2022
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myullerga APLning ikki klubi tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, 32 yoshli futbolchiga "Everton" va "Nyukasl" davogarlik qilmoqda. Myullerning "Bavariya" bilan shartnoma muddati 2023 yilning yozida o'z yakuniga etadi. Avvalroq, futbolchi shartnomani uzaytirishga tayyor ekanligini ma'lum qilgandi. 

Myuller - 2000 yildan beri "Bavariya" bilan birga va klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

2007 yildan buyon esa myunxenliklar klubining asosiy jamoasida to'p tepib keladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru