"Tottenxem" Fernandeshni MYUdan ilib kyetishi mumkin

Alisher
2 avg 2019
"Sporting" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh yana bir APL klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Tottenxem" "Manchester Yunayted" qiziqayotgan Lissabonning "Sporting" klubi xavbeki Bruno Fernandesh bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Shporlar" vakillari Fernandeshning masalasini hal qilish maqsadida Portugaliyada bo'lib turishibdi.

Fernandeshning transfer narxi 56 million funtga baholanmoqda.

24 yoshli portugaliyalik futbolchi yakunlangan mavsumni ajoyib tarzda o'tkazdi. U barcha musobaqalarda 53ta o'yinda maydonga tushib, 32ta gol va 18ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: RTP