"Tottenxem" hamda "Gent" o'rtasidagi uchrashuvda yangi rekord o'rnatildi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2017
"Tottenxem" hamda "Gent" o'rtasidagi Yevropa ligasi 1/16 final javob uchrashuvida Yevropa Ligasining yangi rekordi o'rnatildi.
"Uembli"da bo'lib o'tgan bahsga 80 465 muxlis tashrif buyurdi va bu turnirdagi eng ko'p ishqiboz yiqqan o'yinga aylandi.
Avvalgi rekord "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasidagi uchrashuvda o'rnatilgan bo'lib, o'shanda 75 180 muxlis bahsni stadiondan tomosha qilgan. Eng ko'p muxlis tushgan 5 uchrashuvning 3 tasi "Old Trafford"da o'tgan.
Qiziqarli fakt: Yevropa ligasi finalida eng ko'p muxlis yiqqan bahs 2012 yilda bo'lib o'tgan "Atletiko" va "Atletik" o'rtasidagi uchrashuv hisoblanadi. Buxarestdagi finalni 52 347 kishi tribunadan tomosha qilgan.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com